ASHRAFIY

ASHRAFIY – 1) 14-asrda Eronda zarb etilgan oltin pul. Uni zarb qildirgan Chuponiy Malik Ashraf (1344-56) sha’niga shunday atalgan. Vazni bir misqoldan ortiq bo’lgan. 17-asrda 4-donakka, ya’ni 3,2 grammga teng bo’lgan. Arablarda dinor yoki qirsh, Balx va Movarounnahrda tanga deb atalgan; 2) 18— 19-asrlarda Buxoroda zarb etilgan oltin pul. Buxoro xonligining 18-19- asrlardagi agrar munosabatlariga oid tarixiy hujjat (Mirza Bade’ devonning «Majma al-arqom» asari) da keltirilgan ma’lumotlarga ko’ra, Ashrafiy 93% sof oltindan bir misqol og’irlikda zarb etilgan. Bir Ashrafiyning qiymati 19 ta kumush tangaga teng bo’lgan.