ASHTAK-PASHTAK

ASHTAK-PASHTAK, hashtak-pashtak — maxsus usulda quritilgan o’rik qoqi. Pishgan o’rik ikkiga bo’linib danagi ajratib olinadi. Danagini chaqib, uning mag’zi o’rik eti orasiga solinadi va oftobda quritiladi.