ASSOTSIATIV PSIXOLOGIYA

ASSOTSIATIV PSIXOLOGIYA – psixologiyadagi yo’nalish. Uning vakillari butun ma’naviy hayotni, shu jumladan chuqur fikrlash jarayonlarini va uning oqibatida kelib chiquvchi erkin harakatlarni assotsiatsiya yordamida tushuntirib berishga urinadilar. Bu yo’nalish asoschilari — Gartli, Pristli, Yum va Gerbart; 19-asrda J. S. Miller, keyinroq, esa Tsien, Ebbingauz va G. E. Myuller ularning mashhur izdoshlari bo’lgan. Assotsiativ psixologiyadan bilimlarni o’zlashtirish samaradorligini oshirishda foydalanish mumkin.