ASTAT
ASTAT, astatin (Astatium), At — sun’iy yo’l bilan hosil qilingan kimyoviy radioaktiv element. Mendeleyev davriy sistemasining VII guruhiga mansub; galogenlar jumlasidan. Tartib raqami 85. 1940 yilda vismutni a-zarrachalar bilan parchalash natijasida kashf etilgan. Astatning barqaror izotopi yo’q. Lekin 20 dan ortiq radioaktiv izotopi ma’lum. At21ning yarim yemirilish davri 7,2 soat, At2l0HHKH esa 83 soat. O’ziga xos kimyoviy xossalari bor. Boshqa galogenlar kabi, organik erituvchilarda eriydi va erimaydigan kumush astatid (AgAt) tuzini hosil qiladi. Shuningdek, Astat metallar singari sulfat eritmalaridan rux ta’sirida ajralib chikali, elektroliz qilinganda katodga o’tiradi.