ASTROFOTOMETRIYA

ASTROFOTOMETRIYA (ostro… va foto, Yunoncha metreo — o’lchayman) — amaliy astrofizika bo’limi; u osmon jismlaridan kelayotgan nurlarni o’lchash va nurlanish spektrining turli qismlari ravshanligini o’rganish bilan shug’ullanadi. Yoritqichlar ravshanligini aniqlashning eng sodda yo’llari vizual va fotografik usullar hisoblanadi. Bunda ravshanligi ma’lum bo’lgan (standart) yulduzlardan taqqoslash maqsadida foydalaniladi. Zamonaviy ilmiy tadqiqot ishlari Astrofotometriyada asosan turli fotoelektrik nur qabul qilgichlar, xususan, fotoelektron ko’paytirgich, fotoqarshilik, fotodiod va boshqalar yordamida bajariladi. Bularning samarasi fotoemulsiyaga nisbatan kamida yuz marta yuqori. Astrofotometriyada zaryad aloqasiga asoslangan matrisali asboblar (SSD) qo’llaniladi; bunda fotoelektrik va fotografik (tasvirni hosil qilish) xususiyatlari birgalikda hisobga olingan. Astrofizik ob’yektlar spektrida energiya taqsimotini o’rganish maqsadida ko’p rangli Astrofotometriya qo’llaniladi. U to’lqin uzunlik Astrofotometriya bo’ylab spektrning turli qismlari uchun nurlanish oqimini o’lchaydi va natijalarni yulduz kattaligi m birligida ifodalab beradi. Pogson formulasidan yoritilganlik nurlanish intensivligi 1 ga to’gri mutanosib ekani sababli, bu formula yordamida quyidagi munosabat keltirib chiqariladi. Ushbu ayirma yulduzning rang ko’rsatkichi deyiladi. Uning qiymati qanchalik katta bo’lsa, yulduz rangi shunchalik «qizil» hisoblanadi va bu rang ma’lum spektral oraliqqa mansub bo’ladi. Umuman, yulduz kattaligi nechta spektral oraliq uchun topilishiga qarab shuncha rangli fotometriya qo’llanilgan deyiladi. Yulduzlar spektrining turli qismlari uchun energiya taqsimotini o’rganish dastlab fotometrik sistemani ishlab chiqishlikni talab etadi. Bu sistemaga har bir rangning effektiv to’lqin uzunligi, uning effektiv yarim kengligida fotometrik standartlari (ma’lum yulduzlar uchun o’lchangan nurlanish oqimi qiymatlari) va boshqalar kiradi. Fotometrik sistemalar uch turga bo’linadi: keng polosali (da>300 A°), o’rtacha polosali (100A)<da<300A) va tor polosali (DA<100A). Amalda ko’proq keng polosali Astrofotometriya qo’llanilib, ayniqsa uch rangli U (ultrabinafsha), V (ko’k), V (sariq) sistema yordamida topilgan U — V va V — V rang ko’rsatkichlar orasidagi statistik diagrammadan zarur ma’lumotlar olinadi. Bu sistemani Astrofotometriya bo’yicha davom ettirib, qizil (K) va infraqizil (I) kattaliklar ham ki-ritilsa, besh rangli fotometriya hosil bo’lib, qo’shimcha rang ko’rsatkichlar yordamida yoritqichning fizik xususiyatlari chuqurroq o’rganiladi. Hozir 12 rangli keng polosali fotometrik sistema ishlab chiqilgan. O’rtacha va tor polosali sistemalar faqat maxsus hollarda ishlatiladi. Salohiddin Nuriddinov.