ASTURIAS (AKSHPAV) MIGEL ANXEL

ASTURIAS (AKSHPAV) MIGEL ANXEL (1899.19.10 – Gvatemala — 1974.9.6) — gvatemalalik jurnalist, yozuvchi va shoir. 1925-33 yillar Yevropada Emigratsiyada bo’lgan. «Gvatemala afsonalari» (1930) kitobida Mayya qabilasi mifologiyasini she’riy yo’lda aks ettirgan. «Senor prezident» (1946) romanida zulmga asoslangan rejimni fosh qilgan. Asturiasning dunyoga tanitgan romantrilogiyasi 20-asr Gvatemala xalqining ozodlikka erishish yo’lidagi kurashi g’oyalari bilan sug’orilgan («kuchli shamol», 1950; «yashil Papa», 1954; «dafn etilganlar ko’zi», 1960). «Jo’xori odamlar» (1949), «mulat ayolning o’zginasi» (1964), «Lid Sol ko’zgusi» (1967) romanlari ham bor. Asturias ijodiga Gvatemaladagi mahalliy aholi (mayyalar) urf-odatlari, folklori sezilarli ta’sir ko’rsatgan. Nobel mukofoti laureati (1967).