ASYUT

ASYUT — MAR Janubdagi shahar, Nil daryosining chap sohilidagi port, temir yo’l stantsiyasi; Asyut muhofazasi ma’muriy markazi. Aholisi 290 ming kishidan ortiq. Mamlakatning savdo-transport markazlaridan. Ko’n poyabzal, to’qimachilik sanoati korxonalari mavjud. Gilam to’qiladi. Universitet bor. Hunarmandchilik rivojlangan. Asyut yaqinida katta to’g’on qurilgan.