ASEB shahri haqida nimani bilasiz?
ASEB (Assab) — Eritreyaning Janubi-sharqidagi shahar. Qizil dengiz bo’yidagi port. Addis-Abeba bilan katta yo’l orqali bog’langan. Aholisi 30 ming kishidan ortiq. 1890-1941 yillar Italiya, 1941-45 yillar Buyuk Britaniya qo’l ostida, 1993 yildan mustaqil Eritreya tarkibida. Neftni qayta ishlash va tsement zavodlari; oziq-ovqat va to’qimachilik korxonalari bor. Osh tuzi qazib olinadi. Aeroport bor. Port orqali chetga qishloq xo’jalik mahsulotlari chiqariladi.
O‘xshash so‘zlar
- ASEPTIKA haqida nimani bilasiz?
- ASFALT haqida nimani bilasiz?
- ASFALT LOKLAR haqida nimani bilasiz?
- ASFALT-BETON ARALASHTIRGICH haqida nimani bilasiz?
- ASFALT-BETON haqida nimani bilasiz?
- ASFALT-BETON YOTQIZISH MASHINASI haqida nimani bilasiz?
- ASFALTLASH haqida nimani bilasiz?
- ASFANDIYORXON kim bo’lgan?

