ATMOSFERA STRATIFIKATSIYASI

ATMOSFERA STRATIFIKATSIYASI — atmosferada temperaturaning balandlik bo’yicha taqsimlanishi. Quruq yoki suv bug’iga to’yingan havoga nisbatan Atmosfera stratifikatsiyasi turg’un, beqaror yoki neytral bo’lishi mumkin. Atmosfera stratifikatsiyasining bunday holatlarini kuzatish uchun temperaturaning quruq adiabatik, nam adiabatik va vertikal gradientlaridan foydalaniladi. Adiabatik vertikal yo’nalishda havoning harakatida balandlik birligiga to’gri keladigan temperatura pasayishi temperaturaning vertikal gradienti (u) deb ataladi. Quruq yoki suv bug’iga to’yinmagan havo bo’lsa, quruq adiabatik gradent (uo), suv bug’iga to’yingan nam havoda esa nam adiabatik gradient (un) deb yuritiladi.