ATOM YADROSI
ATOM YADROSI — nuklonlardan — protonlar (r) va neytronlar (i)dan tashkil topgan atom o’zagi. Atom yadrosining xususiyatlarini o’rganishda yadro kuchlari katta ahamiyatga ega bo’ladi. Atom yadrosida gravitasion va elektromagnit kuchlar ta’siri kam bo’lsa ham Atom yadrosi xossalariga ta’siri bo’ladi. Yadro kuchlarining ta’sir radiusi juda kichik, 10~13 santimetr. Yadro kuchlari yadroning spiniga va izotop spiniga bog’liq. Atom yadrosining butun xususiyatlarini o’z ichiga oladigan yagona nazariya yaratilgan emas, chunki yadro strukturasi va kuchlari to’liq o’rganilmagan. Undan tashqari yadrodagi nuklonlar harakatini aniqlovchi tenglamalarni matematika nuqtai nazaridan echish mumkin emas. Atom yadrosining xossalarini o’rganishda turli modellar tatbiq qilinadi. Har qaysi model Atom yadrosining ma’lum xossalarini aks ettirgan holda ba’zi xossalarini tushuntirishda qaramaqarshiliklarga olib keladi. Masalan, Atom yadrosining yemirilish xususiyatini gidrodinamik model bilan yaxshi tushuntirilsa, magik yadrolar holatlarining xususiyatlarini tushuntirish mumkin emas, aksincha, qobiqlar modeli bilan magik yadrolar holatlarini yaxshi tushuntirilsa, yemirilish hodisasini tushuntirish mumkin emas va hokazolar. Atom yadrosi tuzilishi va xossalarini tajriba yordamida o’rganish uchun xilma-xil yadro hodisalari: zarralarning Atom yadrosidan elastik va elastikmas sochilishlari, yadro reaktsiyalari, tabiiy va sun’iy radioaktiv nurlanish, yadro yemirilishi va hokazolardan foydalaniladi. O’zbekistonda ham atom yadrosini o’rganishga doir ilmiy tadqiqot ishlari olib boriladi. Toshkentda R. B. Bekjonov, A. I. Mo’minov, T. I. Mo’minov, Q. Sh. Azimov va boshqalarning mos tushishlar, gamma-nurlarning dopplercha kengayishi, gammachiziqlarining shakl o’zgarishi, yadro holatlarini rezonans uyg’otish, gamma-nurlarining g’alaenlangan va g’alayonlanmagan gammagamma burchak korrelyasiyalari va qutblanishi usullaridan foydalanib o’tkazgan yadro sathlari orasidagi elektromagnit o’tishlar ehtimolliklariga oid tajribaviy tadqiqotlari atom yadrosining tuzilishi haqida keng ma’lumotlar olishda juda samarali bo’ldi. Natijada yadro holatlarining 10~6— 10~17 s oraliqdagi yashash vaqtlari va parsial kengliklari o’lchandi, Spin, juftlik, magnit va elektr momentlari, deformasiya parametrlari aniqlandi. Oqibatda atom yadrolarining tuzilishiga tegishli ma’lumotlar olindi.