ATROPIN

ATROPIN (Atropinum) — mingdevona, bangidevoma, eshakmiya o’simliklaridan olinadigan alkaloid. Me’da va o’n ikki barmoq ichak yarasi, pilorospazm. xolesistit, o’t-tosh kasalligi, ichak va siydik yo’llari spazmi, bronxiol astmaga, so’lak, me’da, bronxlar bezlari sekresiyasi ko’payganda, adashgan nerv qo’zg’aluvchanligi oshib ketishi natijasida yuzaga keladigan bradikardiya, atrioventrikulyar blokadada atropine sulfat ko’rinishida ishlatiladi.