ATSETILSALISIL KISLOTA

ATSETILSALISIL KISLOTA (Acidum acetylsalicylicum), aspirin (atsesal, atsetizal va boshqalar) — salisil kislota unumlari guruhiga mansub dori, isitma tushiruvchi, yalliglanishga qarshi, og’riq qoldiruvchi, shuningdek kuchsiz antikoagulyantlik va trombositlar agregasiyasiga to’sqinlik qiluvchi xossalarga ega bo’lganligi uchun asosan nevralgiya, revmatizm, tromboz, tromboflebitlarni davolashda ishlatiladi.