AUDITNING ISHCHI HUJJATLARI

AUDITNING ISHCHI HUJJATLARI – auditor tomonidan tekshirilayotgan xo’jalik yurituvchi subyekt xodimlari va uchinchi shaxslar tomonidan auditor talabiga binoan audit tekshiruvchilaridan oldin, tekshiruvlar jarayonida va tugatilganida tuziladigan moddiy ko’rinishdagi ma’lumotlar yig’indisi hisoblanadi va u auditorning haqqoniy hisoboti va xulosasi tuzilishiga imkon beruvchi, shuningdek, mazkur va keyingi auditning samarali o’tishiga ko’maklashuvchi ma’lumotlarni o’zida aks ettirishi lozim. Bunday hujjatlaming shakli va mazmuniga qo’yilgan talablar auditorlik faoliyatiga tegishli qoidalar talablari (standartlari)ga javob berishi lozim.