AUDITORLIK NAZORATI

AUDITORLIK NAZORATI – auditorlik faoliyatini amalga oshirish borasida litsenziyaga ega bo’lgan auditorlik firmasi tomonida o’tkaziladigan mustaqil noidoraviy moliyaviy nazorat. Asosiy vazifasi buxgalteriya hisoboti va moliyaviy hisobotning haqqoniyligi, to’liqligi va ishonchliligi hamda moliyaviy qonunchilikka qay darajada rioya qilinganligini aniqlash (o’rnatish)dir. Banklar, sug’urta tashkilotlari, birjalar, nobudjet va xayriya fondlari, ochiq tipdagi aksionerlik jamiyatlari, xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar, shuningdek, prokuratura va davlat nazorat organlarining topshirig’iga binoan har qanday korxona va tashkilotlar majburiy ravishda auditorlik nazoratidan o’tkazilishi kerak. Auditorlik firmalari buxgalteriya hisoboti va soliq hisob-kitoblari, hisob ishlarini yuritish, loyihalarni moliyaviy ekspertiza qilish va h.k.lar bo’yicha maslahat xizmatlarini ko rsatishi mumkin. Ularning bu xizmatlari tegishli to’lov (haq) asosida amalga oshiriladi.