AUDITORLIK TEKSHIRUVINING HAJMI

AUDITORLIK TEKSHIRUVINING HAJMI – to’laqonli auditorlik tekshiruvini o’tkazish va auditorning asosli xulosasini tayyorlash uchun zarur bo’lgan auditorlik tekshiruvlari miqdori va ularni o’tkazish ko’lami auditorlik tekshiruvini o’tkazish uchun sarflanadigan vaqt, unda ishtirok etadigan mutaxassislar tarkibi va sonining auditor (auditorlik firmasi) tomonidan baholanishidir. Auditorlik tekshiruvi hajmi, xo’jalik subyekti faoliyati to’g’risida ma’lumotlarning olinishini hisobga olgan holda hamda kutilayotgan ishlar va xo’jalik subyekti bilan tuzilgan shartnomada belgilangan auditda ko’rsatiladigan xizmatlar hajmini prognoz qilish orqali auditor (auditorlik firmasi) tomonidan mustaqil aniqlanadi.