AUKSOSPORA

AUKSOSPORA (Yunoncha auxo — o’stiraman va spora) — diatom Suv o’tlarida qalqonsiz ikki vegetativ hujayraning o’zaro qo’shilishidan hosil bo’ladigan diploid hujayra — spora. Auksospora zigotaning bir ko’rinishi; reduktsion bo’linadi va hosil bo’lgan gaploid hujayralar yangi qalqon paydo bo’lguncha to’xtovsiz o’sa beradi.