ANGIOSTOMIYA

ANGIOSTOMIYA (angio… va Yunoncha stoma — teshik), vazostomiya — qon oqishini kuzatish va zaruriyat bo’lganda qon olib, uning tarkibini aniqlash maqsadida tomirlarga maxsus nay — fistula qo’yish usuli. Nay ichiga … Read More

ANGIOSPAZM

ANGIOSPAZM (angio… va Yunoncha spasmos — tortaman) — mayda arteriyalar, arteriolalar va kapillyarlarning torayishi (spazmi). Tomir muskul qavatining qisqarishi oqibatida ro’y beradi. Natijada to’qima va a’zolarga qon kam keladi va … Read More

ANGIONEVROZ

ANGIONEVROZ (angio… va nevroz) — qon tomirlarni harakatlantiruvchi nervlar funktsiyasining buzilishi. Angionevrozda teri to’satdan oqaradi yoki qizaradi, shishadi, terlaydi, qiziydi va boshqalar. Spastik o’zgarishlar kuzatiladi. Nevroz va psixozlarda kuzatiladi.

ANGIOMA

ANGIOMA (angio… va Yunoncha ota — o’sma) — qon yoki limfa tomirlarida paydo bo’ladigan xavfsiz o’sma. Odatda, bolaning ona qornidagi davrida tomirlarning noto’g’ri o’sishidan vujudga keladi. Ko’pincha terida (yuz yoki … Read More

ANGIOLOGIYA

ANGIOLOGIYA (angio… va Yunoncha logos — fan) — anatomiya va klinik tibbiyotning bir bo’limi; qon tomirlar (arteriyalar, venalar, kapillyarlar) hamda limfa tomirlari va ularning kasalliklarini o’rganadi.

ANGIOKERATOMA

ANGIOKERATOMA – terida paydo bo’ladigan xavfsiz o’sma; bir yoki bir nechta bo’lishi mumkin. Bunda asosan terining muguz qavati qalinlashadi.

ANGIOKARDIOGRAFIYA

ANGIOKARDIOGRAFIYA (angio…, Yunoncha kardia — yurak va grapho — yozaman, tasvirlayman) — rentgenologik tekshirishda yurak va yirik tomirlar ichiga kontrast modda yuborib, ularning soya tasvirini olishga imkon beradigan usul. Yurakning … Read More

ANGIOGRAFIYA

ANGIOGRAFIYA (angio… va …grafiya) — qon va limfa tomirlariga kontrast (soya tushiradigan va organizm uchun bezarar) modda yuborib, rentgenologik usul bilan ular suratini olish. Angiografiy qon va limfa tomirlari kasalliklarini, … Read More

ANGIO…

ANGIO… (Yunoncha angeion — tomir) — yasama so’zlarning tarkibiy qismi, «tomir» so’ziga (qon tomiri, limfa tomiri) mos keladi. Masalan, angiografiya, angiologiya va boshqalar.