Drena
Drena – yer osti suvlarini yig’ish va chetlatish uchun yer osti sun’iy qurilmasi (quvur, quduq, bo’shliq).

Drena – yer osti suvlarini yig’ish va chetlatish uchun yer osti sun’iy qurilmasi (quvur, quduq, bo’shliq).
Drel (parmadasta) – qurilish, pardozlash, duradgorlik, chilangarlik va turli materiallarda teshiklarni burg’ulash uchun parma yoki boshqa kesish asbobiga aylanish harakatini berish uchun mo’ljallangan qo’l, pnevmatik yoki elektr asbob.
Doygar – paxsakar, loydevor ustasi.
Doy – loy, paxsa, loydevor.
Donali materiallardan ishlanadigan pol – taxta, parket, plastmassa plitkalar, po’kakdan ishlangan plitkalar, keramik plitkalar, mozaikali beton plitkalar ustki qoplama material sifatida xizmat qiluvchi pol.
Donadorlik – alohida donalardan, donador zarrachalardan iborat bo’lish.
Donador tarkib – beton to’ldirgichlard, tuproq yoki sun’iy mahsulotda tadqiq qilinayotgan nusxada massa (og’irlik) foizda yoki donalar umumiy miqdori bo’yicha ifodalangan turli hajmdagi donalar (zarralar) ning mavjudligi.
Donabay – alohida narsa, o’lchanmaydigan bo’lakni ifodalaydi.
Domkrat (yuk ko’taruvchi) – yukni ko’tarish uchun mo’ljallangan statsionar, ko’chma yoki harakatlanuvchi mexanizm. Masalan: suyuqlik yordamida ishlovchi domkrat, ikki yoqlama ishlovchi domkrat, sim arqonlarni tortuvchi domkrat,, ko’chma domkrat, reykali domkrat … Read More