G’ovakli
G’ovakli – kichik teshiklar, g’ovaklar bilan to’lgan.

G’ovakli – kichik teshiklar, g’ovaklar bilan to’lgan.
G’ovak shisha – ko’pikli shisha massasi bo’lgan issiqlik izolyatsiyalovchi material. Ko’pikli shisha ishlab chiqarish uchun silikat oynalarining yumshatish xususiyat va (puflovchi vosita mavjud bo’lganda) taxminan 1000C haroratda ko’piklanish xususiyatidan foydalaniladi. … Read More
G’ovaklar hosil qiluvchi qo’shimcha – beton tarkibida havo yoki boshqa gaz bilan to’ldiruvchi g’ovaklarni maqsadga yo’naltirilgan holda hosil qila oladigan moddalar.
G’ovak hosil qiluvchi – noorganik materiallarda g’ovakli struktura hosil qiluvchi yoki g’ovakli struktura hosil bo’lishini shart-sharoitlovchi moddalar. Noorganik penomateriallar ishlab chiqarish texnologiyasiga bog’liq holda turli g’ovak hosil qiluvchilardan foydalaniladi.
G’ovak to’ldiruvchi beton – sun’iy va tabiiy mineralli g’ovak to’ldirgich hamda g’ovakli yirik va zich mayda to’ldirgichlar asosidagi beton.
G’ovak to’ldiruvchi markasi – yengil beton uchun g’ovak to’ldiruvchilarning asosiy klassifikatsiyalangan xarakteristikasi. G’ovak shag’al, chaqiq tosh va qum, quruq holatdagi hajm zichligiga qarab o’n ikki markaga bo’linadi – 250 dan … Read More
G’ovak g’isht – g’ovakli tuzilishga ega bo’lgan katta o’lchamli ichi bo’sh keramik g’isht, bu uni yengilroq, kattaroq qiladi va yaxshi issiqlik izolyatsiyasi xususiyatlarini ta’minlaydi, bu esa oddiy g’ishtlarga nisbatan mazkur … Read More
G’ovak beton (gazobeton) – g’ovakli betonning bir turi bu beton bog’lovchi, qum va suvnbing gaz hosil qiluvchi qo’shimchalar aralashmasidan olinadi. Gazobeton tayyorlash uchun portlandtsement yoki aralash, masalan, portlandtsement, ohak va … Read More
G’ovak – bo’shashgan, to’kilgan, g’ovakli.
G’ovak (g’arov, ichi bo’sh) – ichi po’k, teshik narsa, gumbaz g’arovi, ichi g’ovak.