Bodbon
Bodbon – binoda shamol to’suvchi maxsus parda, soyabon.

Bodbon – binoda shamol to’suvchi maxsus parda, soyabon.
Bog’siz (bog’lanishsiz) – 1) yo’l qo’yilgan xatolar tufayli chizmadagi chiziqlarning yaqinlashmasligi; 2) har qanday narsada kelishishning yo’qligi; 3) hisob-kitoblardagi xatolik (tafovut).
Bog’lovchilarni maydalash – bog’lovchi moddalarni ishlab chiqarishdagi texnologik jarayon bo’lib, bu jarayon tayyor mahsulot ifatini oshirish uchun qo’shimcha ingrediyentlarni kiritgandan keyin va sovutilgach xom ashyo yoki xom ashyo qorishmasini pishirishdan … Read More
Bog’lovchi to’sin – ustunlarning fazoviy bikrligini ta’minlash maqsadida ularning yuqori qismlarini bog’lovchi va to’sinlar orasidagi oraliqlarda yuqori yotuvchi konstruksiyalardan yuklarni qabul qiluvchi to’sin.
Bog’lovchi tirgaklar – asosiy yuk ko’taruvchi tizimlar (fermlar, balkalar, ramalar va shu kabilar) va alohida sterjenlarning fazoviy turg’unligi yoki konstruksiyaning fazoviy ishlashini bitta yoki bir nechta elementlarga, butun inshootga qo’yilgan … Read More
Bog’lovchi moddalar – fizik-kimyoviy jarayonlar natijasida suyuq yoki xamirsimon holatdan qattiq toshsimon holatga o’tadigan qurilish materiallari bo’lib, bunda ular o’z atrofidagi inert to’ldiruvchilar (chaqiq tosh, shag’al, qum) zarralarini yoki g’isht, … Read More
Bog’liqlik – bir jarayon yoki faoliyatdan boshqa jarayon yoki faoliyat tomonidan bevosita yoki bilvosita foydalanish. Masalan: vaqtga bog’liqlik, chiziqli bog’liqlik va hokazolar.
Bog’lash – bog’lash, chalkashtirib o’rash, har tomondan bog’lash yoki bittaga ulash.
Bog’lash (ulash, moslashga oid) – yangi qurilish maydonchasining o’ziga xos shartlari yoki qurilish hajmining tuzilishi xususiyatlarini hisobga olgan holda namunaviy loyihaga, namunaviy loyiha qarori yoki qayta qo’llaniladigan individual loyihaga o’zgartirishlar … Read More
Bog’lash (qadoqlash, taxlashga oid) – yuklarni kattalashtirilgan yuk birligiga shakllantirish va mahkamlash, bu ularning yaxlitligini, belgilangan sharoitda yetkazib berish vaqtida xavfsizligini ta’minlaydi, yuklash, tushirish va saqlash ishlarini mexanizatsiyalash imkonini beradi.