Beton qotish vaqtini tartibga soluvchi qo’shimchalar
Beton qotish vaqtini tartibga soluvchi qo’shimchalar – beton qorishmasining struktura hosil qilish jarayonlarini tezlashtiruvchi yoki susaytiruvchi qo’shimchalar.

Beton qotish vaqtini tartibga soluvchi qo’shimchalar – beton qorishmasining struktura hosil qilish jarayonlarini tezlashtiruvchi yoki susaytiruvchi qo’shimchalar.
Betonning ishqor ta’sirida korroziyasi – beton tarkibiy qismining erishi va yuvilishi (ishqor ta’sirida) natijasidagi korroziya.
Betonni karbonlash – tsement toshining karbonat angidrid bilan o’zaro ta’sir jarayoni, betonning suyuq fazasining ishqoriyligi pasayishiga olib keladi.
Betonni induksion isitish – beton issiqlik bilan ishlov berish usuli, magnit komponenti va o’zgaruvchan elekromagnit maydonni ishlatib, po’latni elektromagnit induktsiya bilan elektr toki ta’sirida isitadi.
Betonni zichlash – betonni siqish usuli. Ortiqcha suv 2,5 MPa gacha bosim ostida siqib chiqarilganda, dastlabki suv miqdori yuqori bo’lgan aralashmalarni siqishda samarali bo’ladi.
Betonli halqa – konstruktiv elementi uch yoki to’rt tomonidan qoplaydigan, mustahkamlangan beton qatlami. Zarurat bo’lganida armaturalangan bo’lishi mumkin.
Betonli panel – betondan tayyorlanadigan panel, ekspluatatsiya jarayonida panelning mustahkamligi fqat beton mustahkamligi bilan ta’minlanadi. Betonli panel konstruktiv armaturaga ega bo’ladi va panellarni tayyorlashda hamda tashish va devorlarni montaj qilishda … Read More
Betonli bordyur (hoshiya) uchun tosh – jismoniy yoki vizual cheklov yoxud ramkani ta’minlash uchun betondan yasalgan va bir xil yoki har xil balandlikdagi sirtlarni chegalash uchun ishlatiladigan mahsulot.
Betonlash (beton yotqizish) – aralashmani qabul qilish bilan boshlanadigan va beton mustahkamlikka ega bo’lishi bilan yakunlanadigan texnologiya. Bu qat’iy ketma-ketlikda amalga oshiriladigan tadbirlar, harakatlar majmui. Masalan: bosimsiz betonlash, qolipsiz betonlash, … Read More
Betonga o’tqaziluvchi mustahkamlik – oldindan zo’riqtirilgan qurilmalar betonning, betonga oldindan zo’riqtirilish berilayotgan vaqtda (o’zak taranglanishini qo’yib borish) me’yorlanadigan mustahkamligi.