Bediz
Bediz – surat, rasm, bezak, naqsh, shakl; ko’rinish, tasavvur, obraz, go’zallik, chiroy.

Bediz – surat, rasm, bezak, naqsh, shakl; ko’rinish, tasavvur, obraz, go’zallik, chiroy.
Bevosita – vositachilarsiz to’g’ridan-to’g’ri amalga oshiriladigan harakat.
Bashorat (prognoz) (grekcha-“bashorat, oldindan ko’ra bilish”) ob’yektining kelajakdagi ehtimoliy holatlari va ularni amalga oshirishning muqobil usul va muddatlari to’g’risida ilmiy asoslangan mulohazalar. Tor ma’noda, o’rganilayotgan ob’yektning kelajakdagi holati to’g’risidagi ehtimoliy … Read More
Bachki – 1) o’simlik tanasining, poyasining ostidan, yon-veridan o’sib chiqqan mayda shoxchalar, nihollar; 2) sinchli devor tuzilishidagi mayda qalama cho’plar.
Baho (narxga oid) (arabcha-“aniqlik”) – korxona, tashkilot, firma va muassasalar tomonidan ko’rsatiladigan turli ishlab chiqarish va noishlab chiqarish xizmatlari uchun to’lov stavkalari tizimi yoki stavkasi.
Baho (baholashga doir) – amaldagi yoki o’rganiluvchi sub’yekt uchun biror narsaning ahamiyatini aniqlash usuli. Masalan: ish davomiyligini baholash, iqtisodiy baholash va hokazolar.
Baxya (bahya) (tojikcha: o’ta oz, o’ta kichik) – g’isht terish va boshqalarda hosil bo’ladigan chok.
Baxsh (baxsha) – o’lchov birligi, g’isht, sirkor g’isht o’lchamini eniga nisbatan belgilash uchun ishlatiladi: bir baxsha-kvadrat, ikki baxsha-ikki kvadrat, uch baxsha-uch kvadrat, to’rt baxsha-to’rt kvadrat kabi.
Batareya (isitish ma’nosida) – bir xil turdagi bir nechta qurilma, moslamalarni yagona tizimga ulash yoki birgalikda samarali harakat qilish uchun o’rnatish. Isitish radiatorining keng tarqalgan nomi, chunki ko’plab radiatorlar dizaynida … Read More
Basseyn (hovuz, suv havzasi) – 1) daryolar, ko’llar va ular tarkibiga kiradigan boshqa suv bilan to’ldiriladigan barcha suv manbalari; 2) suzish yoki bog’, park va hokazolarni bezash uchun sun’iy suv … Read More