Bak (idish)
Bak (idish) – suyuqlik saqlash yoki tashish uchun mo’ljallangan katta hajmli idishlarning nomi. Masalan: suv o’lchash idishi, suv bosimini hosil qiluvchi idish, suv yig’uvchi idish, suv idishi, axlat idishi, chiqindi … Read More

Bak (idish) – suyuqlik saqlash yoki tashish uchun mo’ljallangan katta hajmli idishlarning nomi. Masalan: suv o’lchash idishi, suv bosimini hosil qiluvchi idish, suv yig’uvchi idish, suv idishi, axlat idishi, chiqindi … Read More
Baypas – tashilayotgan muhitni (suyuqlik, gaz) asosiy quvuro’tkazgichdan aylantirib olib o’tib, yana shu quvuro’tkazgichga uzatishga mo’ljallangan vositali to’sish bo’lgan quvuro’tkazgich.
Bayt – 1) uy, xona, joy. Baytulloh-Makkadagi ziyoratgoh; 2) bino bezaklari orasidagi nazmiy parcha, qo’shqator she’riy hikmat; 3) muqarnas kosacha.
Bazalt tolali materiallar – bazalt tolalari asosida issiqlik va ovoz o’tkazmaydigan xususiyatga ega bo’lgan keng turdagi materiallar olinadi. Bunday materiallarga o’ta ingichka va ingichka tolalardan yasalgan tolalar (ular asosida iplar, … Read More
Bazalt tolalari (bazalt paxtasi) – bazalt minerali eritib olinadigan tola u 1000 C gacha haroratiga bardosh beradi, korrozitsiyaga qarshi yuqori bardoshlikka ega, sanoat sovutgichlari va qurilish konstruksiyalari uchun issiqlik izolyatsiyalovchi … Read More
Bazalt – 1) tog’ jinsi; 2) bazaltlar oilasiga mansub bo’lgan oddiy ishqoriylik qatorining asosiy tarkibidagi magmatik vulqon jinsi. Masalan: yumshatilgan bazalt, tabiiy bazalt, suyultirilgan bazalt va boshqalar.
Bajarish – ehtiyoj yoki talabni qondirish uchun amalga oshiriladigan faoliyat, uning natijasi. Masalan: ishni muddatidan ilgari bajarish, oylik rejani bajarish, qurilish ishlarini bajarish va hokazolar.
Badiiy – yuksak did va mahurat bilan bajarilgan ish, san’at asari: badiiy bezak, giriqning badiiy ifodasi.
Badia – me’moriy bezaklarda tugal qismi, kompozitsiya.
Bag’dodi – 1) yaxlit taxtalardan yasalib, geometrik shakllari naqshlar bilan bezatiladigan ikki tabaqali eng qadimgi eshik turi; 2) yog’ochsozlik va kulolchilik mahsulotlariga geometrik shaklli naqshlar solish usullaridan biri.