Andaza (qolip, o’lchov, andoza)
Andaza (qolip, o’lchov, andoza) – namuna, nusxa, ulgi, axta. Xalq ustalari bino pardozida turli shakldagi bezak andazalaridan foydalanadi.

Andaza (qolip, o’lchov, andoza) – namuna, nusxa, ulgi, axta. Xalq ustalari bino pardozida turli shakldagi bezak andazalaridan foydalanadi.
Andava (kurakcha) – suvoqchilikda ishlatiladigan tagi silliq, dastali, temir va yog’ asbob, u bilan tom yoki devorga chaplangan loy yuzasi tekislanadi.
Angora – qoralama, dastlabki chizma, musavvada xomaki, xomcho’t.
Angidrit – sulfat sinf minerali, suvsiz kaltsiy sulfat. Suv qo’shilsa, uning hajmi taxminan 60%ga oshadi, asta-sekin gipsga aylanadi.
Ang – sopol quvur; mo’ri.
Amplituda – tebranish yoki to’lqin harakatida o’zgaruvchining o’rtacha qiymatidan siljishi yoki o’zgarishining maksimal qiymati. Manfiy bo’lmagan skalyar miqdor, uning o’lchami aniqlanayotgan jismoniy miqdorning o’lchamiga to’g’ri keladi.
Ampermetr – elektr kuchini amperda o’lchash uchun mo’ljallangan uskuna. Ampermetrlar shkalasi qurilmaning o’lchov chegaralariga muvofiq mikroamperlar, milliamperlar, amperlar yoki xiloamperlarda baholanadi. Ampermetr elektr zanjirining elektr toki kuchi o’lchanadigan kesimining tegishli … Read More