Fizioterapiya nima degani
Fizioterapiya nima degani – 1) odam organizmiga tashqi muhitning fizikaviy omillarini davolash va profilaktika maqsadida ta’sir ettirish; 2) tibbiyot sohasi.

Fizioterapiya nima degani – 1) odam organizmiga tashqi muhitning fizikaviy omillarini davolash va profilaktika maqsadida ta’sir ettirish; 2) tibbiyot sohasi.
Fiksatsiya nima degani – 1) biror narsani muayyan holatda tutib turish; 2) kimyoviy yoki fizikaviy moddalar ta’sirida hujayralar, to’qimalar va mikroorganizmlar strukturasini saqlash (preparat sifatida).
Filtr nima degani – 1) suyuqlik va gazlarni ulardagi qattiq zarrachalardan tozalash uchun xizmat qiladigan g’ovak to’siqcha; 2) yuqori lab o’rtasidagi chuqurcha.
Fistula nima degani – qo’shni kovak a’zolar o’rtasidagi, shuningdek, a’zo yoki patologik o’choq va tashqi muhit o’rtasidagi yo’l (aloqa) (masalan, ko’z yoshi xaltasining fistulasi).
Flagellyatsiya nima degani – jinsiy buzuqlik, jinsiy aloqa qiladigan kishisini urish yoki o’zini urdirish bilan jinsiy maylni qo’zg’atish; mazoxizm yoki sadizmning ko’rinishi.
Felbostenoz nima degani – vena tomirining patologik o’zgarishi natijasida venalar (vena) teshigining torayishi. Masalan, endoflebit va tromboflebitda kuzatialdi.
Flyuktuatsiya nima degani – suyuqlik (masalan, yiring, transsudat) bilan to’lgan bo’shliglqrdagi tebranishlar: ikki qo’l bilan palpatsiya qilinayotganda bir qo’l barmoqlari bilan urilganda hosil bo’lib, ikkinchi qo’l barmoqlari bilan seziladi.
Follikul(i), pufakchalar nima degani – 1) soch follikuli – soch ildizi va piyozchasini o’rab turadigan xaltacha; 2) limfatik pufakchalar – ichak shilliq pardasidagi kichikroq, chegaralangan limfa hujayralari to’plami; tuxumdon follikulalari … Read More
Follikuli kon’yunktivi, konyuktiva pufakchasi nima degani – konyunktiva limfa follikulasining giperplaziyasi; oqish-pushti rangda bo’lib, ikkala ko’z pastki qovoq o’tkazuvchi burmasi hosilasi.
Follikuli limfaticheskiy, limfatik pufakchalar nima degani – chegaralangan limfoid to’qimasi to’plami, limfotsitlar hosil bo’lishida ishtirok etadi; limfa tugunida, taloqda, oshqozon shilliq pardasi, ichakda, tomoqdagi bodom bezlarida va boshqa a’zolarda bo’ladi.