Rektal tekshiruv nima degani
Rektal tekshiruv nima degani – to’g’ri ichak va uning atrofida joylashgan a’zolar yoki to’qimalar holatini bilish maqsadida to’g’ri ichak bo’shlig’i orqali qo’llaniladigan diagnostika usullari kompleksi.

Rektal tekshiruv nima degani – to’g’ri ichak va uning atrofida joylashgan a’zolar yoki to’qimalar holatini bilish maqsadida to’g’ri ichak bo’shlig’i orqali qo’llaniladigan diagnostika usullari kompleksi.
Rekurvatsiya nima degani – bo’g’imni fiziologik normadan ortiq darajasida orqaga bukish natijasida uning deformatsiyaga uchrashi va faoliyati buzilishi.
Rentgenografiya, tekshirish usuli nima degani – tekshirilayotgan obyektning doimiy negative tasvirini rentgen nuri yordamida maxsus plyonkaga tushirishdan iborat tekshirish usuli.
Retikulez koji nima degani – asosan teridagi “retikulyar” deb nomlanuvchi hujayralarning rivojlanuvchi proliferasiyasi; polimorf toshma (eritma, tugunchalar, prpula) sifatida namoyon bo’ladi.
Retikulosarkoma nima degani – sarkomaning tur-xili; ko’mik stromasi, limfa tugunlari, murtak, kamroq ichki a’zolar limfoid to’qimalarining hujayralaridan o’sadigan xavfli o’sma.
Retsept nima degani – dorixonaga dori tayyorlash va bemorga buyurilgan dorini berish to’g’risida, shuningdek, mazkur dorini qo’llanish tartibi to’g’risida shifokor yozib bergan hujjat.
Retsessiya nima degani – g’ilaylikni to’g’irlash; jarrohlik operatsiyasi ko’zni harakatga keltiruvchi tashqi mushaklarni kesib, o’rnida orqaga ko’chirib biriktirish.
Ribonukleinovaya kislota (RNK), ribonuklein kislota (RNK) – polimer modda bo’lib, makromolekulasi polinukleotid spiralsimon zanjirlardan iborat. RNK hujayra sitoplazmasi va hujayra yadrosi tarkibiga kiradi.
Ribosim(i) nima degani – hujayra organellasi. Sitoplazmada erkin joylashgan, tarkibida rivosoma RNKsi bo’lgan va sitoplazmadaoqsillar sintezi markazi hisoblnadigan sferik elektron-zich donalar.
Rigidnost, taranglik nima degani – skelet mushaklarining tarang qotib qolishi, keskin kuchayishi va shakl o’zgartiradigan harakatlarga qarshilik ko’rsatishi bilan ifodalanadigan funksional holati.