Namlik ortiqchasi
Namlik ortiqchasi – belgilangan (ruxsat etilgan) normadan oshib ketadigan ortiqcha namlik ajralishi.
Namlik ortiqchasi – belgilangan (ruxsat etilgan) normadan oshib ketadigan ortiqcha namlik ajralishi.
Namlik almashinuvi – inshootning bir qismi namligini atrofdagi havo bilan almashish jarayoni. Umumiy holatda namlik almashinuvi koeffitsienti haroratga, suv bug’ining elastikligiga, strukturaning yuzasi yaqinidagi havo harakatchanligiga bog’liq.
Namlik aylanishi – yer biosferasidagi suvning tsiklik harakati jarayoni. Bu suvning bug’lanishi, bug’ning havo oqimlari bilan o’tishi, ularning kondensatsiyasi, yog’ingarchilik (yomg’ir, qor va boshqalar) shaklida yerga qaytib tushishidan iborat.
Namlikni singdirish – materialning muayyan sharoitlarda (harorat, bosim, havo harakati) muhitdan namlikni singdirish xususiyati.
Namlikka chidamsiz – namlikka chidamli bo’lmagan naqshinkor devor qog’ozi faqat kirish yo’lagi va yashash xonalari devorlariga, bosma naqshli namlikka chidamli devor qog’ozi esa yo’laklar devorlariga yopishtiriladi.
Namoyon (namoya) – atrofi hoshiya naqsh (zanjira, ruta) bilan o’ralgan tugallangan naqsh kompozitsiyasi.
Namozgoh – shahar tashqarisidagi saylgohda qurilgan masjid.
Namlik-harorat ko’rsatkichi – ma’lum turdagi yuklarni xavfsiz tashish uchun zarur bo’lgan yukxonalar va omborlarda havo harorati va namlikning optimal darajasi.
Namlikni yutish – materialning muayyan sharoitlarda (harorat, bosim, havo harakati) muhitdan namlikni yutish xususiyati.
Narvoncha (zinacha) – kichik narvon.