Rigel

Rigel – bino va inshootlarning yuk ko’taruvchi chiziqli elementi bo’lib, bu element gorizontal yoki qiya joylashgan va vertikal elementlar (ustunlar, kolonnalar)ni bikir yoki sharnirli birlashtiradi; binolarning orayopmalari yoki yopmalariga o’rnatiladigan … Read More

Risberma

Risberma – suvzang ortida joylashgan, o’zanni yuvilishdan saqlash, maromiy o’zgarishlarni o’chirish, suv oqimi tezligini maromlashtirish va pasaytirish uchun mo’ljallangan quyi brefda suv oqimi tubini mahkamlash elementi.

Rizolin

Rizolin – o’zi yelinlanadigan gidroizolyatsiyalovchi o’ramli tom yopish materiali bo’lib, uning asosi shu materialning ekspluatatsion xossalarini yaxshilovchi qo’shimchalar kiritilgan maxsus bitum-polimer tarkib bilan shimdirilgan shisha matodan iborat. Armatura sifatida qo’llanadigan … Read More

Rostlagich

Rostlagich – avtomatik boshqaruv nazariyasida boshqaruv ob’yektining holatini tizim sifatida kuzatuvchi va unga boshqaruv signallarini ishlab chiqaruvchi qurilma. Nazoratchi boshqaruv ob’yektining ayrim parametrlari o’zgarishini (bevosita yoki kuzatuvchilar yordamida) kuzatib boradi, … Read More

Rostvyorka

Rostvyorka – inshoot devorining pastki, shu jumladan, qoziqlarning bosh uchastkalarini birlashtiruvchi va inshootning quriladigan elementlari uchun tayanch konstruksiya sifatida xizmat qiluvchi qoziqli qismi, qoziqli poydevor qismi (plitasi yoki balkasi) bo’lib, … Read More