Quruqlik gidrologiyasi

Quruqlik gidrologiyasi – gidrologiya sohasi, materiklardagi gidrologik sharoitlarni tadqiq etish bilan shug’ullanadi. Quruqlik gidrologiyasi o’rganish ob’yektiga ko’ra potamologiya, limnologiya, botqoqshunoslikka bo’linadi.

Quruq sonlar

Quruq sonlar — yog’ingarchilik vaqtidagina suv oqadigan soy, soylik va vodiylar. Cho’l zonasida uchraydi. Qish va bahorgi yog’ingarchilikda Quruq sonlar oqmas, Quruq havzalarga quyiladi. Uzunligi ham turlicha, ba’zan 100 kilometrga … Read More

Qurumdi cho’qqisi

Qurumdi cho’qqisi – orqa Olay tizmasidagi cho’qqi. Tojikiston va Qirg’iziston respublikalari chegarasida. Balandligi 6610 metr. Qurumdi cho’qqisida muzlik ko’p. Qurumdi muzligi (uzunligi 17,2 kilometr, maydoni 60,6 km2) yirik muzliklardan hisoblanadi.

Qurtuba xalifaligi

Qurtuba xalifaligi – o’rta asrlarda Pireney yarim orolidagi musulmon davlati. Poytaxti — Qurtuba shahri. 929 yil Qurtuba amirligi (756 yil umaviylardan Abdurrahmon I asos solgan) o’rniga tuzilgan. 10-asrda ancha taraqqiy … Read More

Quroq

Quroq — mayda bo’laklardan ulab, to’plab bezak yaratish; shu usulda yasalgan bezak, buyum ham Quroq deb ataladi. Turli rang va shakldagi mayda mato parchalaridan buyum, bezak hosil qilinadi. Amaliy san’atda … Read More

Quryozov Sobir

Quryozov Sobir (1947.17.4, Qo’shko’pir tumani) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (1998). Xorazm pedagogika institutini tugatgan (1969). 1969 yildan Qo’shko’pir tumanidagi 18-, 1975 yildan 17-maktablarda kimyo-biologiya o’qituvchisi.

Qurbonova Xayrixon Abdullayevna

Qurbonova Xayrixon Abdullayevna (1940.31.8, Yangiyo’l shahri) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (1999). Toshkent pedagogika institutini tugatgan (1967). 1967 yildan Yangiyo’l shahridagi 6-maktabda o’zbek tili va adabiyoti o’qituvchisi.

Qurbonov Rahmat

Qurbonov Rahmat (1944.18.12, Kogon tumani) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (1996). Buxoro pedagogika institutini tugatgan (1968). 1968— 98 yillarda Kogon tumanidagi 8-maktabda kimyo o’qituvchisi; 1989-90 yillarda direktor.

Qurbonov Rajabboy

Qurbonov Rajabboy (1933.2.3 -Yangiariq tumani — 2000, yanvar) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (1995). Xorazm pedagogika institutini tugatgan (1961). 1953 yildan Yangiariq tumanidagi 17-, 1961 yildan 1-maktabda, 1993-2000 yillarda 11-litsey … Read More