Reper

Reper (Fransuzcha Gerege — belgi, nishon, dastlabki nuqta) — 1) (geodeziyada) — asosiy sathiy yuzaga nisbatan nivelirlash orqali balandligi aniqlangan nuqtani mahkamlash belgisi. Reperning fundamental va oddiy xillari bor. Fundamental … Read More

Repressiya

Repressiya (so’nggi lotincha Repression — bosim, tazyiq) — davlat organlari qo’llaydigan jazo chorasi, qatag’on qilish. Asosan, mustabid, totalitar, mustamlakachi davlat tomonidan xalqqa nisbatan qo’llaniladigan jazolash, qatli om, qatli nufus, ommaviy … Read More

Retikulyar formatsiya

Retikulyar formatsiya (lotincha reticulum — to’r va formatio — tuzilma), to’rsimon tuzilma — bosh miyaning markazida (uzunchoq va o’rta miyada, ko’rish do’mboqlarida) joylashgan maxsus tuzilmalar majmui. Markaziy nerv sistemasining quyi … Read More

Rikardo (Ricardo) David

Rikardo (Ricardo) David (1772.19.4, London — 1822.11.9, Glostershir grafligi) — ingliz iqtisodchisi, klassik iqtisodiy maktab namoyandasi. Dastlab 1793-1812 yillarda tijorat ishlari bilan shug’ullanib katta boylik orttirdi, keyinchalik ilmiy faoliyat bilan … Read More

Rizayev Tojiboy

Rizayev Tojiboy (1927.10.5 — Parkent tumani Zarkent qishlog’i — 2004.6.4) — qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi tashkilotchisi, usta bog’bon, O’zbekiston Qahramoni (2001), O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan qishloq xo’jaligi xodimi (1991). Toshkent qishloq … Read More

Rivoyat

Rivoyat (Arabcha hikoya qilmoq) — voqea va hodisalarni, inson faoliyatini ba’zan uydirmalar vositasida, ba’zan Real tasvirlovchi og’zaki hikoya; folklore janri. Hajmi qisqa, 2 yoki 3 epizoddan tashkil topadi, an’anaviy uslubiy … Read More

Ribosomalar

Ribosomalar (ribonuklein kislota va …Soma) — o’z tarkibida ribonuklein kislotalarni saqlovchi tsitoplazmaning doimiy, membranasiz organoidlari. Ribosomaning kashf etilishi elektron mikroskopik tadqiqotlarning rivojlanishi bilan bog’liq. Har bir Ribosomalar diametri 20 nm … Read More

Rechitativ

Rechitativ (italyancha recitare — ovoz chiqarib o’qimoq) — oddiy yoki badiiy nutk, intonasiyasi va ritmikasini ifodalashga asoslangan vokal musiqa turi. Odatda, Rechitativ matn tuzilishini aks ettirib tugal musiqa shaklini tashkil … Read More

Refraktor

Refraktor — ob’yektivi linzali bo’lgan teleskop. Osmon yoritqichlaridan kelayotgan nurlar Refraktor ob’yektividan sinib o’tib, uning fokus masofasida tasvir hosil qiladi. Birinchi marta G. Galiley 1609 yilda astronomiyada qo’llagan. Refraktorning vizual … Read More

Referat

Referat (lotincha refero — axborot beryapman) — biror ilmiy asar, maqola, o’qilgan kitob va shu kabillar mazmunining qisqacha yozma yoki og’zaki bayoni; o’rganilgan ilmiy masalaning natijasi haqida axborot; tegishli adabiyot … Read More