Rojasthon

Rojasthon (hindcha — rojalar mamlakati), Rojaston — Hindistonning shim.g’arbiy qismidagi shtat. Maydoni 342 ming km2. Aholisi 56,5 million kishi (2001); 90% hindu diniga, 7% Islomga e’tiqod qiladi. Ma’muriy markazi — … Read More

Rokoko

Rokoko (Fransuzcha rococo), rokayl — 18-asr 1-yarmida Yevropa nafis san’atida yuzaga kelgan uslub (bezaklari chig’anoqqa o’xshatib gajaksimon ishlanadi). Dastlab Frantsiyada paydo bo’lgan, keyinchalik Germaniya, Avstriya va boshqa mamlakatlarga tarqalgan. 30-40-yillarda … Read More

Rossiya milliy kutubxonasi

Rossiya milliy kutubxonasi, M.E. Saltikov- Shchedrin nomidagi Rossiya davlat milliy kutubxonasi — Rossiya Federatsiyasining eng qadimgi universal kutubxonasi; jahondagi eng yirik kutubxonalardan biri. Sankt-Peterburg shahrida 1795 yilda imperator ommaviy kutubxonasi … Read More

Romiz, Mannon Romiz, Ramziy

Romiz, Mannon Romiz, Ramziy (taxalluslari; asl ism-sharafi Abdullayev Mannon) (1895, Toshkent — 1938, Krasnoyarsk) — jurnalist, yozuvchi, jamoat arbobi. 1918 yilning 2-yarmidan 1930 yil 1 sentabrgacha turli partiya-sho’ro rahbarligi lavozimlarida … Read More

Rollan (Rolland) Romen

Rollan (Rolland) Romen (1866.29.1, Klamsi — 1944.30.12, Vezle) — Fransuz yozuvchisi, musiqashunos, jamoat arbobi. Dastlabki pesalari Italiyaning Uyg’onish tarixiga bag’ishlangan. Lekin ular matbuotda chop etilmagan. Tarixiy mavzudagi «e’tiqod fojiasi» nomi … Read More

Romanovskaya Yelena Yevgenevna

Romanovskaya Yelena Yevgenevna (1890.24.5. hozirgi Leningrad viloyati Pushkin shahri — 1947.22.11, Toshkent) — musiqiy folklorshunos. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1944). 1917 yildan O’zbekistonda yashagan. Leningrad konservatoriyasini tugatgach (1929), Toshkent … Read More

Roman uslubi

Roman uslubi — Yevropa (asosan, G’arbiy Yevropa) san’atida 10-asrdan 12-13-asrlargacha hukm surgan badiiy uslub. Bu davr san’atida qadimgi Rim madaniyati va me’morligida qadimgi Rim me’morligi uslub va unsurlaridan keng foydalanilgan … Read More

Rodonit

Rodonit (Yunoncha rhodon — atirgul) — silikatlar sinfining vollastonitrodonit guruhiga mansub mineral. Kimyoviy tarkibi CaMns [Si5Ol5]. Tarkibi: 54,15% MPO va 45,85% SiO2. Tabiiy Rodonit tarkibida 14,5% gacha G’eO (ferrodonit), 2-9% … Read More

Rovoch, rivoch

Rovoch, rivoch (Rheum) — torondoshlar oilasiga mansub ko’p yillik o’tsimon o’simliklar turkumi, sabzavot ekini. Asosan, Osiyoda o’sadigan 50 ga yaqin turi bor. O’zbekistonda 3 turi yovvoyi holda o’sadi. Dehqonchilikda sabzavot … Read More