Dokktilogiya
Dokktilogiya-nutq shakli; o’ziga xos tarzda qo’l barmoqlari yordamida gaplashish.

Dokktilogiya-nutq shakli; o’ziga xos tarzda qo’l barmoqlari yordamida gaplashish.
Dissertatsiya-ilmiy daraja olish uchun ochiq himoya qilinadigan ilmiy ish. Dissertatsiyani muvaffaqiyatli himoya qilganlarga birinchi daraja yakunlari bo’yicha “fan nomzodi”, ikkinchi daraja yakunlari bo’yicha esa “fan doktori” ilmiy darajasi beriladi.
Dissertant-ilmiy daraja olish uchun ilmiy ishni ochiq himoya qiluvchi shaxs.
Disput-1) o’quvchi yoki talabalar o’rtasida o’tkaziladigan ilmiy munozara; 2) ilmiy daraja olish uchun yozilgan ishni o’z hamkasblar, maslakdoshlari o’rtasida ochiq muhokama qilish jarayoni.
Diplom ishi-O’zbekiston Respublikasida oliy hamda o’rta maxsus kasb-hunar o’quv yurtlari bitiruvchilarining o’quv tadqiqot xarakteridagi yakunlovchi ishi.
Diplom-1) shaxsning oliy yoki o’rta maxsus o’quv yurtini tugatganligi yoxud ilmiy daraja, ilmiy unvonga ega ekanligini tasdiqlovchi rasmiy hujjat; 2) biror huquq yoki mukofot berilganligini tasdiqlovchi guvohnoma.
Diniy o’quv yurti-ruhoniy tayyorlovchi maktab.
Diktant-o’quvchilarga imlo va tinish belgilariga doir qoidalarni o’rgatishda hamda bu qoidalar yuzasidan hosil qilingan malakalarini tekshirish maqsadida tashkil etiladigan yozma ish turi.
Didaktizm-pedagogikaning ta’lim va uning metodlari hamda tashkiliy shakllari haqidagi bo’limi.
Didaktika-1) pedagogikaning ta’lim nazariyasi bilan shug’ullanadigan tarmog’i; 2) ta’lim nazariyasi.