“Daloil ul-xayrot”
“Daloil ul-xayrot”-dalolilxonada o’qitiladigan asosiy darslik.

“Daloil ul-xayrot”-dalolilxonada o’qitiladigan asosiy darslik.
Dadillik-shakllangan maqsad asosida amaliy harakatlarga o’tishga tayyorlik.
“Davom ettiring” o’yini-muayyan o’quvchini fikrini boshqa o’quvchi davom ettirishga asoslangan o’yin.
Davra stoli-o’quvchilarni uncha katta bo’lmagan guruhi “bir xil maqom”da ishtirok etadigan suhbat.
Davolash pedagogikasi-kasalmand yoki davolash muassasalarida muolaja olayotgan bolalarni o’qitish, ularga tibbiy-pedagogik yordam berish masalalari bilan shug’ullanadigan pedagogika fanining alohida tarmog’i.
Davlat ta’lim standarti (DTS)-1) bu davlatning ta’lim darajasiga qo’ygan me’yori sifatida qabul qilinadigan asosiy parametrlar tizimi bo’lim, muayyan shaxsning ta’lim tizimidagi mavjud imkoniyatlari va ularni ideal darajaga yetkazishga erishishni anglatadi; … Read More
Davlat imtihoni-O’zbekiston Respublikasi o’rta maxsus va kasb-hunar o’quv yurtlarida bitiruv imtihoni.
Davlat ilmiy kengashi (DIK ruscha GUS) – RSFSR da (1919-1932 yillar)gi boshqaruv metodik markazi.
Davlat granti-bir qism, ya’ni yuqori bilim va iqtidorga ega bo’lgan talabalarning ta’lim olishini davlat tomonidan moliyalashtirilishi.
Davlat va huquq asoslari Davlat ta’lim standarti-davlat va huquq asoslari ta’lim mazmuni va ushbu o’quv predmeti bo’yicha o’quvchilar egallaydigan bilim, ko’nikma, malakalarga qo’yilgan talablarni davlat tomonidan tasdiqlangan etaloni, modeli.