Axloqiy tarbiya
Axloqiy tarbiya-o’quvchi yoki talabada o’zaro bir-biriga, jamiyat a’zolariga nisbatan qabul qilingan me’yorlar asosida munosabatlarni shakllantirish jarayoni.

Axloqiy tarbiya-o’quvchi yoki talabada o’zaro bir-biriga, jamiyat a’zolariga nisbatan qabul qilingan me’yorlar asosida munosabatlarni shakllantirish jarayoni.
Axloqiy madaniyat-1) borliqni axloqiy jihatdan anglash, baholash va o’zgartirish uchun insonga imkoniyat yaratuvchi madaniyat turi; 2) insoniyatning axloqqa oid madaniy tajribasini ifodalab, kishilar o’rtasidagi munosabatlarga, axloqiy me’yor va tamoyillarga amal … Read More
Axloqshunoslik-axloqni jamiyat, zamon, insoniyat tarixi uchun namuna bo’la oladigan ijobiy xatti-harakatlar yig’indisi sifatida baholovchi ijtimoiy fan tarmog’i.
Axloqli-yaxshi tarbiya ko’rgan; odobli, xushaxloq. Axloqli bola.
Axloq-1) shaxsning o’zaro bir-biri, jamiyat a’zolariga nisbatan qabul qilingan me’yorlar asosidagi munosabatlari, xatti-harakatlari majmui, jamiyat tomonidan qabul qilingan xulq me’yorlari; 2) xulq-atvor, yurish-turish, tarbiya, odob.
Axborotning aylanma almashinuvi-“pedagogika fani-pedagogik ma’lumotlar banki-pedagogik madaniyat” tizimida pedagogik ma’lumot (axborot) larning bir maromda harakatlanish jarayoni.
Axborotni faksimil uzatish – odamlar o’rtasidagi axborot almashinuvi axborotni faksimil uzatish yordamida matn, gazeta qo’lyozma, grafika, fotografiya va boshqa shu kabi har qanday hujjatni bir ob’yektdan ikkinchi ob’yektga yetkazib berish.
Axborotli modul – yangi ma’lumot berishga yo’naltirilgan o’quv modeli.
Axborotlashtirish-axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) va xizmatlar konvergentsiyasining darajasi. Axborotlashtirishni rivojlantirish jarayonlarini muvofiqlashtirish – axborot hamjamiyatiga qo’shilishning tayanch omilidir.
Axborot texnologiyasi-axborotni hosil qilish, saqlash, kompyuter yordamida qayta ishlashni ifodalovchi faoliyat sohasi. Axborot texnologiyasini tatbiq etish muhiti bilan o’zaro bog’liq bo’lgan jarayonlarga oid aloqadorlikni o’z ichiga oladigan ko’nikma va vositalar … Read More