Akademik litsey
Akademik litsey-muayyan fanni chuqur o’rgatishga yo’naltirilgan o’rta maxsus ta’lim muassasasi.

Akademik litsey-muayyan fanni chuqur o’rgatishga yo’naltirilgan o’rta maxsus ta’lim muassasasi.
Akademizm-1) ilmiy tadqiqot muassasalari va o’quv yurtlarida; quruq nazariyaga berilib ketish, amaliyotdan uzilib qolish, quruq nazariyaga tayanishdan iborat.
Akademik nashr-fan, adabiyot va san’at asarlarining ilmiy asosda tayyorlangan nashri. Asosan mutaxassislar va ilm ahliga mo’ljallanadi, ilmiy tadqiqot maqsadini ko’zda tutadi.
Akademik (sifat)-1) akademiyaning ilmiy muassasa yoki oliy hamda o’rta maxsus o’quv yurti ma’nosidagi tushunchalariga taalluqlilikni bildiradi; 2) O’zbekiston va MDHda yetuk ijrochilik jamoalari, teatrlarga beriladigan faxriy nom.
“Adolat” o’lkasiga sayohat metodi – didaktik o’yin turi.
Adekvatlik – ilmiy tadqiqot ishi natijasining tadqiqot ob’yekti kechishi, ya’ni ob’yektning funksional vazifalarini (o’zgarish, ishlash qonuniyatlarini va hokazolar) aynan aks ettirishini nazorat qilish.
Adaptatsiya-o’quv jarayoni, o’quv faoliyatiga moslashuv.
Adabsizlik – odob-axloq me’yorlariga to’g’ri kelmaydigan ish, odob-axloq doirasiga sig’maydigan xatti-harakat.