Adabli
Adabli – odob-axloq me’yorlariga rioya qiladigan; tarbiyali, axloqli. Adabli bola. Adabli bo’lmoq.

Adabli – odob-axloq me’yorlariga rioya qiladigan; tarbiyali, axloqli. Adabli bola. Adabli bo’lmoq.
Adabiy o’qish – 5-9-sinflarda o’qish va adabiy asar tahliliga asoslangan adabiyot o’qitish tizimi.
Adabiy o’yinlar – yozuvchilar ijodi va adabiy asar haqidagi ma’lumotlarni aniqlashga qaratilgan adabiy-didaktik o’yinlar.
Adabiy kecha – o’quvchilarni adabiy asar mazmuni va yozuvchilar ijodi bilan tanishtirishga qaratilgan ommaviy, sinfdan va maktabdan tashqari tadbir.
Adabiyot o’quv predmeti – muayyan doiradagi adabiy asar namunalari, shuningdek adabiyot tarixi va nazariyasini o’rganishga qaratilgan o’quv predmeti.
Adabiyot o’qitish metodikasi – 1) adabiyot ta’limi nazariyasi hamda metodikasi bo’yicha talabalarga muayyan bilim, ko’nikma, malakalar hosil qilishga yo’naltirilgan o’quv fani; 2) adabiyot o’qitish metodikasi xususiy pedagogikaning alohida tarmog’i.
Adabiyot Davlat ta’lim standarti – adabiyot ta’lim mazmuni va ushbu o’quv predmeti bo’yicha o’quvchilar egallaydigan bilim, ko’nikma, malakalarga qo’yilgan talablarni davlat tomonidan tasdiqlangan etaloni, modeli.
Adabiyot-1) o’quv fani; 2) o’quv adabiyoti-ta’lim jarayonida muayyan o’quv fanidan beriladigan ta’lim mazmunining ma’lum bir qismini o’zida mujassamlagan kitob.
Agrafiya-(lotincha yoza olaman) – nutq faoliyatidagi kamchilik tufayli o’quvchida yozish ko’nikmalarini shakllantirish mumkin emasligi.
Avtoreferat-pedagogik tadqiqotni amalga oshirgan muallifning referati. Dissertatsiya avtoreferati.