Termoregulatsiya
Termoregulatsiya, haroratni boshqarish – tashqi muhit iqlimi o’zgarib turgan sharoitda ham issiq qonli hayvonlar tana optimal haroratining fiziologik hamda biokimyoviy jaгayonlar yordamida ma’lum darajada turg’un ushlab turilishi.

Termoregulatsiya, haroratni boshqarish – tashqi muhit iqlimi o’zgarib turgan sharoitda ham issiq qonli hayvonlar tana optimal haroratining fiziologik hamda biokimyoviy jaгayonlar yordamida ma’lum darajada turg’un ushlab turilishi.
Termofillar, issiqsevarlar – yuqori haroratli (taxminan 700 С) muhitda yashashga moslashgan organizmlar. Bular ko’pgina mikroorganizmlar va hokazolar bо’lib, ularning tabiiy qarorgohlari asosan issiq suv manbalaridir.
Tayga – Shimoliy yarim shardagi ignabargli o’rmonlar zonasi. Asosan qarag’ay, qora qarag’ay, pixta kabi daraxtlardan iborat bo’lib, o’ziga xos hayvonot olami уа tuproqlarga ega.
Ta’sirlanuvchanlik – tirik organizmlar, ularning hujayralari, to’qimalarining tashqi уа ichki отillаг ta’siriga o’zining holati hаmdа faoliyatini o’zgartirish bilan javob berish xususiyati.
Ta’sir potensiali – asab, mushak, ba’zi bezlar, shuningdek, o’simlik hujayralari qo’zg’alganda sekunddan ham qisqa bo’lgan vaqt davomida mеmbrаnа potensialining o’ziga xos o’zgarishi.
Та’m bilish tizimi – kimyoviy qo’zg’atgichlar (birikmalar)ni aniqlashni ta’minlovchi tizim.
Tasmasimon chuvalchanglar – odamуа umurtqali hayvonlar ichagidagi parazit. Таnа uzunligi bir necha mm dan 30 m gacha; odatda bо’g’imlarga bo’lingan. Himoya qobig’iga уа xo’jayin organizmiga yopishish uchun moslamalarga ega.
Tashqi urug’lanish, tashqi otalanish – erkak уа urg’ochi jinsiy hujayralarning organizmdan tashqarida qo’shilishi; masalan, baliqlarda.
Tashqi muhit – fizik, kimyoviy, biologik xususiyatlar hamda ijtimoiy отillаг yig’indisi bo’lib, tirik organizmga bevosita yoki bilvosita ta’sir ko’rsatadi.
Tarakanlar, suvaraksimonlar – hasharotlar turkumi. Aholi yashaydigan joy bilan ekologik bog’liq. Mo’tadil уа issiq iqlimli mamlakatlarda keng tarqalgan.