Taksis
Taksis – erkin harakatlanuvchi оrganizmlar (bakteriya, zamburug’, suvo’tlar, gametalar kabilar)ning biron- bir qo’zg’atgich manbai yoki unga nisbatan teskari tomonga harakat qilishi.

Taksis – erkin harakatlanuvchi оrganizmlar (bakteriya, zamburug’, suvo’tlar, gametalar kabilar)ning biron- bir qo’zg’atgich manbai yoki unga nisbatan teskari tomonga harakat qilishi.
Tabiiy dushmanlar – hayvon va o’simlik populatsiyalari bilan tabiatan bog’liq bo’lib, ba’zan ularni shikastlovchi patogen mikroorganizmlar, shuningdek, parazit yoki yirtqich оrganizmlar.
Tabiatshunoslik – 1) tabiat haqidagi fanlar to’plami. Tabiatshunoslik fanining maqsadi tabiatning obyektiv qonunlarini o’rganish va ularni odam manfaati uchun foydalanishga tatbiq etish; 2) tabiatni o’rganishga bag’ishlangan ilmiy sohalar kompleksi.
Tabiatni muhofaza qilish – tabiiy resurslarni saqlash, qayta tiklash va ratsional foydalanish bo’yicha amalga oshiriladigan tadbirlar kompleksining majmui.
Tabiatda moddalar aylanishi – moddalarning bir komponentdan ikkinchisiga o’tishi bilan kechuvchi, nisbatan takrorlanuvchi o’zaro bog’liq fizik, kimyoviy va biologik jarayonlar tabiiy halqasi.
Xushbo’y moddalar – o’ziga xos yoqimli hidga ega organik birikmalar. O’simliklar dunyosida keng tarqalgan.
Xronobiologiya – biologik tizimlarning muvaqqat uyushmalari va ularning mа’lum vaqtda davriy yoki davriy bo’lmagan o’zgarishlarini o’rganadi.
Xromotologiya – hayvon va o’simliklarning ranglari haqidagi fаn.
Xromotip – organizim mag’iz genlari tizimi.
Xromosomalar – hujayra mag’izi (yadrosi)dagi o’zidan ko’payadigan xromatin iplaridan hosil bo’lgan уахshi bo’yaluvchi donachalar. Ular DNK va oqsil molekulalaridan tashkil topgan. Xromosomalar yig’indisi organizmning asosiy irsiy xususiyatlarini belgilaydi.