Рtеrоdаktillаr
Рtеrоdаktillаr – Qаnоtраnjаlilаr – uchish imkoniyatiga ega bo’lgan sudralib yuruvchilarning qazilma guruhi.

Рtеrоdаktillаr – Qаnоtраnjаlilаr – uchish imkoniyatiga ega bo’lgan sudralib yuruvchilarning qazilma guruhi.
Protoplast – hujayraning protoplazта, mag’iz, plastida va mitoxondriyadan tashkil topgan tirik moddasi.
Proton nasosi – Proton damlagichi – nafas olish zanjirida elektronlar oqimini harakatga keltiruvchi fermentlar tizimi. Elektronlarning ko’chirilishida hosil bo’lgan energiya hisobiga «nasos» protonlarni mitoxondriya matriksidan membranalararo bo’shliqqa siqib chiqaradi.
Protistologiya – eng sodda hayvonlar, ya’ni bir hujayrali organizmlarni o’rganuvchi fаn.
Protistlar – Sodda organizmlar – bir hujayrali organizmlar.
Proteoletik fermentlar – proteazalar, oqsil va peptidlarning gidrolitik parchalanishini katalizlovchi fеrmentlar.
Proteogenez – oqsillarning hosil bo’lishi.
Proteinogen aminokislotalar – faqat oqsil tarkibida uchraydigan aminokislotalar bo’lib, ular 20-22 ta.
Pnevmatoforlar – Havo ildizlari – suvda va botqoqli joylarda o’sadigan o’simliklarning nafas oluvchi ildizlari.
Plushch – araliyadoshlarga mansub doim yashil, so’rg’ichildizli, yog’ochlangan tanali lianalar.