Nayzatosh
Nayzatosh– tog`larning o`tkir uchli cho`qqisi, o`tkir uchli qoya.
Nayzatosh– tog`larning o`tkir uchli cho`qqisi, o`tkir uchli qoya.
Magnetit- temirning keng tarqalgan minerali. Temir rudasining eng muhim minerallaridan biri.
Kartometriya – turli ob’yektlarning maydoni, hajmi va b. o`lchamlarini xaritalarga qarab o`lchash usullarini o`rganadigan fan. Davlatlar, okeanlar, havzalarning maydonlarini, dengizlarning qirg`oq chizig`i, daryolarning uzunligini, yer maydoni ko`lamini aniqlashda ishlatiladi.
Ishsizlik – iqtisodiy jihatdan faol aholining bir qismi o`z ish kuchini qo`llay olmay, mehnatning zaxira armiyasi bo`lib qolish hodisasi.
Ipoteka – ssuda olish maqsadida ko`chmas mulkni garovga qo`yish.
Iqtisodiy faol aholi – aholining ishlab chiqarishning turli sferalari va ishlab chiqarish bilan bog`liq bo`lmagan sohalarda band bo`lgan qismi.
Iqtisodiy integratsiya – xo`jalik subyektlari o`rtasida iqtisodiy aloqalarning rivojlanish shakli, davlatlar o`rtasida kelishilgan iqtisodiy siyosat yuritish, yagona iqtisodiy makonlarning vujudga kelishi.
Iqlim mintaqalari – yer sharida iqlim xususiyatlari bilan farq qiladigan o`lkalar.