Delta
Delta– daryoning dengiz yoki ko`lga quyilish joyida suvga oqib kelgan jinslardan hosil bo`lgan tekislik. Delta nomi yunon alifbosining bosh harfi – deltadan olingan.
Delta– daryoning dengiz yoki ko`lga quyilish joyida suvga oqib kelgan jinslardan hosil bo`lgan tekislik. Delta nomi yunon alifbosining bosh harfi – deltadan olingan.
Dasht–kserofil- qurg`oqchilikka ancha chidamli o`simliklar o`sadigan joylar. Cho`lga nisbatan biroz salqin.
Daryo havzasi – biron daryo sistemasiga suv keladigan hudud daryo suv yig`ish havzasi deb aytiladi.
Daryo transporti – ichki daryo, ko`l va suv omborlarida yuk va yo`lovchi tashiydi.
Daryo yotqiziqlari – daryo va soylarning qirg`oqlarini yuvish, yangi o`zanlar ochish natijasida hosil bo`lgan yotqiziqlar.
Daryo– tabiiy o`zanda oqayotgan suv. Yog`in sochin va boshqa suvlarni to`plab past joylar tomon oqa boshlashdan hosil bo`ladi.
Damba– suvni vaqtincha yoki doimiy damlab turuvchi ko`tarma to`siq.
Dayka– magmani yerdagi yoriqlarni to`ldirib, qotib qolgan shakli.
Do`ng – baland yer, kichik tepa, uzun cho`zilgan qir.
Duragaylar – turli irqlarga oid kishilar nikohidan bo`lgan avlod. Masalan, Amerikada oqlar bilan indeetslarning nikohidan tug`ilgan avlod duragaylar deyiladi.