Chorak
Chorak-XX asr boshlariga qadar O’rta Osiyo hududida qo’llanilgan og’irlik o’lchov birligi. Samarqand va Buxoro atroflarida bir pudning to’rtdan bir qismi – 4.1 kilogramm katta chorak deyilgan. Kichik chorak 2 kilogramm … Read More

Chopg’un-o’rta asrlarda ko’pincha yurish vaqtida qo’shinning oziq-ovqati, yem-xashagi va boshqa ehtiyojlari uchun, shuningdek qamalda qolgan aholi va qo’shinning tinkasini quritish maqsadida tevarak-atrofdagi qishloqlarga qilingan talonchilik bosqini. Chopunga minglab otliq askarlar … Read More
Chopovul-o’rta asrlarda chopgun uchun zabardast yigitlardan tuzilgan harbiy otryad. Chopovul oz sonli va ko’p sonli bo’lishi, ba’zan bir necha guruhdan tashkil etilishi ham mumkin bo’lgan.
Chopar-otliq xabarchi. Choparlar xonliklar davrida shoshilinch xabarlarni otini har joyda almashtirib bir joydan ikkinchi joyga yetkazgan. Chopar hukumat, viloyat beklari yoki hodisa sodir bo’lgan joyning oqsoqollari tomonidan tayinlangan.
Chong’i-o’rta asrlarda O’rta Osiyo hududida harbiy ma’noni anglatgan atama. Harbiy yurishlar vaqtida o’tkaziladigan kengash chong’i deb atalgan.
Choriyorlar-Muhammad Payg’ambar vafotidan so’ng Arab xalifaligida hokimiyat tepasida turgan dastlabki to’rt xalifa – Abu Bakr, Umar, Usmon, Alilarni Eron, Afg’oniston va O’rta Osiyoda musulmonlar orasida choriyorlar deb atash rasm bo’lgan. … Read More
Chokar-O’rta Osiyoda ilk feodalizm davrida feodallarga qarashli bo’lgan qurolli yigitlar guruhi.
Chig’atoy ulusi-Chingizxon tomonidan Chig’atoy va uning avlodlariga meros qilib berilgan viloyatlarining umumiy nomi (1224 yildan boshlab). Hududi Movarounnahr, Yettisuv va Qashqardan iborat bo’lgan. Ko’chmanchi tarzda hayot kechiruvchi mo’g’ullar o’troq aholini … Read More
Chig’atoylar-Chig’atoy ulusini idora etgan sulola (1224-1370). Chingizxonning ikkinchi o’g’li Chig’atoy (1242 yil vafot etgan) nomidan kelib chiqqan. Chig’atoy ulusi xonlari: Chig’atoy (1224-1242), Xara Xaloku (1242-1247), Yesu Munke (1247-1252), Xara Xaloku … Read More