Galaktozuriya nima degani
Galaktozuriya nima degani – galaktoza (aldegidli qand)ning siydik bilan chiqishi (qandli diabet, bazedov kasalligi, jigar kasalliklarida, oriqlab ketganda).

Galaktozuriya nima degani – galaktoza (aldegidli qand)ning siydik bilan chiqishi (qandli diabet, bazedov kasalligi, jigar kasalliklarida, oriqlab ketganda).
Gaymorit nima degani – yuqori jag’ suyagi bo’shlig’ining shilliq pardasi va shilliq osti qavatining yallig’lanishi, bunga ba’zan suyak ust pardasi va suyak devori yallig’lanishi ham qo’shiladi.
Gabitus, odamning tashqi qiyofasi nima degani – tana tuzilishi, qomati, teri rangi, yuz tuzilishi va boshqalar; shularga qarab odam sog’lig’i, kasallik bor-yo’qligi, biror bir kasallikka moyilligi haqida fikr yuritiladi.
Vaginizm nima degani – jinsiy aloqa qilishga urinilganda yoki ginekologik tekshirishda chanoq tubi va qin dahlizi mushaklarining reflector qisqarishi.
Bodrstvovaniye, tetiklik nima degani – ruhiy faoliyatning faol darajasini xarakterlaydigan organizmning holati.
Blefarospazm nima degani – ko’z aylanma mushagining qovoq qismi spazmi.
Blennoreya, konyukturaning yallig’lanishi nima degani – yuqumli kasallik oqibatida konyuktivaning o’tkir yiringli yallig’lanishi.
Blastomikoz nima degani – terining zamburug’ kasalligi.
Blastoma, chin o’sma nima degani – mustaqil rivojlanish xususiyatiga ega bo’lgan o’sma.
Bifurkatsiya nima degani – ikkiga bo’lingan-ayri, ikki ayrilgan, masalan, traxeyaning 2 ta asosiy bronxga ayrilishi.