Bred, alahlash nima degani
Bred, alahlash nima degani – fikrlash va mulohaza yuritish qobiliyatining buzilishi natijasida g’ayritabiiy, haqiqatga to’g’ri kelmaydigan, xato, bema’ni g’oyalarning paydo bo’lishi.

Bred, alahlash nima degani – fikrlash va mulohaza yuritish qobiliyatining buzilishi natijasida g’ayritabiiy, haqiqatga to’g’ri kelmaydigan, xato, bema’ni g’oyalarning paydo bo’lishi.
Bromidroz, badbo’y terlash nima degani – terda ko’p miqdorda yog’ kislotalari va ammiak birikmalarining bo’lishi yoki ularning ikkilamchi achishi bilan xarakterlanadi.
Bronxi nima degani – kekirdakdan o’pka to’qimalariga va aksincha, havo o’tkazib beradigan hamda uni doimiy yot zarralardan tozalab turadigan a’zo.
Bronxiolit nima degani – bronxiolalar devorining yallig’lanishi; ko’pincha virusli yoki bakterial etiologiyaga ega; mustaqil kasallik sifatida bir yoshgacha bo’lgan bolalarda uchraydi.
Bronxit nima degani – Bronx shilliq pardasining yallig’lanishi. Bronx devori qavatlari qanchalik yallig’langanligiga qarab, endobronxit, mezobronxit, peribronxit, panbronxitga ajratiladi.
Bronxospazm nima degani – mayda bronxlar va bronxiolalar teshigining torayishi; nafas a’zolarining turli kasalliklarida paydo bo’lishi mumkin. Bronx devori mushaklarining spastik qisqarishi.
Bronxotsele nima degani – o’pkada kovak vronx o’tkazuvchanligining buzilishi yoki bronx daraxrining anomalik rivojlanishidan, bronxning biror qismida sekret to’planib uning cho’zilishi natijasida hosil bo’ladian kovak.
Bronxoektapatik kasallik nima degani – nafas a’zolarining kasalligi; bronxlar (ayrim qismlar) kengayishi (bronxoektazlar) bilan birga keladi, uzoq davom etadi, ko’pincha avj olib boradi va yiringli asoratlar qoldiradi.
Bruksizm nima degani – tishlarni uyqu vaqtida g’ijirlatish odati, bu ularning vaqtida oldin ishdan chiqishiga olib keladi. Odatda bolalik va yoshlik davrlarida namoyon bo’ladi.
Brutsellez, qora oqsoq kasalligi nima degani – uy hayvonlarida uchraydigan va ularning suti, qoni, go’shti orqali odamga yuqadigan og’ir yqurumli kasallik.