Aeroterapiya nima degani
Aeroterapiya nima degani – toza, ochiq havodan davo va profilaktik maqsadda foydalanish; iqlim bilan davolashning asosiy usullaridan biri.

Aeroterapiya nima degani – toza, ochiq havodan davo va profilaktik maqsadda foydalanish; iqlim bilan davolashning asosiy usullaridan biri.
Atsetonuriya nima degani – siydik bilan ko’p miqdorda atseton chiqishi.
Axiliya jeludka nima degani – me’da shirasida xlorid kislota va fermentlar butunlay bo’lmasligi.
Afferentniy, qon tomirlarga nisbatan nima degani – olib keluvchi; nerv tolalariga nisbatan-markazga intiluvchi.
Affekt, ruhiy hayajonlanish nima degani – odamda tez paydo bo’ladigan, qisqa muddat davom etadigan kuchli emotsional holat.
Aftoz nima degani – taxminiy virus etiologiyasi hisoblangan shilliq pardalar kasalligida ko’pgina yarachalar paydo bo’lishi bilan tavsiflanadi.
Afoniya nima degani – pichirlab gapirish saqlanib qolgani holda jarangli tovushning bo’lmasligi.
Afaziya nima degani – bosh miya shikastlanishi natijasida ixtiyoriy nutqning to’la yoki qisman yo’qolishi.
Afagiya, ovqatni yuta olmaslik nima degani – yutishning mutlaqo imkonsizligi bilan xarakterlanadi.
Autofoniya nima degani – kishi o’z ovozining bitta qulog’iga qattiq eshitilishi, odatda, eshitish naychasidagi patologik jarayon bilan bog’liq bo’ladi.