SEKS

SEKS (lotincha sexus — jins) — jinsiy maylni ifodalash va qondirish bilan bog’liq psixik reaktsiyalar, kechinmalar va hatti-harakatlar majmui.

SEKSTANT

SEKSTANT — ekvatorial yulduz turkumi; Asad, Gidra va kosa yulduz turkumlari orasida joylashgan; Ravshan yulduzlari yo’q. Yer sharining shimoliy kengliklarida qish va bahorda kuzatiladi.

SEKTOR

SEKTOR (lotincha seco — qirqilgan) — 1) egri chiziq yoyi va bu yoy uchlarini egri chiziqda yotmagan nuqta (sektor uchi)ga tutashtiruvchi kesmalar bilan chegaralangan yassi shakl (tekislikdagi Sektor).

SELDARA

SELDARA — tog’larda, tog’oldi qirlarida sel hosil bo’ladigan, sel keladigan dara, soy. Odatda, uncha uzun bo’lmaydi, ko’l irmoqlari ko’p hamda kalta bo’ladi. Seldara tog’dan chiqishda tor o’zanli bo’lib, keng vodiyga, … Read More

SATIN

SATIN (Fransuzcha satin) — paxta ipi yoki kimyoviy toladan to’qiladigan gazlama. Xuddi atlasta o’xshab to’qiladi, lekin atlasning o’ngiga tanda iplari ko’proq chiqib turadi, ya’ni Satinning o’ngida arkok iplari ko’proq bo’ladi. … Read More

SASAKLAR

SASAKLAR — Indoneziyadagi (lombok oroli) xalq. 1,75 million kishi (1990 yillar o’rtalari). Sasak tilida so’zlashadi. Dindorlari — asosan, musulmon sunniylar, bir qismi an’anaviy e’tiqodlarga rioya qiladi.

SARXONA

SARXONA (forscha — boshxona, boshlanish) — musiqada kuy va ashulalarning boshlang’ich tuzilmasi. Odatda, musiqa asarining dastlabki ikki jumlasini tashkil qiladi. Shashmaqomda, shuningdek, sarhat (ashulaning birinchi jumla- si), sarohang (ohangning boshlang’ich … Read More

SARPARDA

SARPARDA (forscha — bosh parda) — 1) musiqa asari boshlanadigan parda; 2) Chapandoz doira usulida ijro etiladigan kuy va ashulaning nomi, «Karimqulbegi» deb ham ataladi; 3) o’zbek surnay yo’llaridan biri.

SARKAND

SARKAND — Qozog’iston Respublikasi Olmaota viloyatidagi shahar. Jung’ariya Olatovi shimoliy yon bag’rida, Toldiqo’rg’ondan 155 kilometr shimoliy sharqda joylashgan. Aholisi 21,5 ming kishi (1990 yillar o’rtalari). Yog’pishloq, pivo, vino zavodlari, madaniy-ma’rifiy … Read More

SARIQSUV

SARIQSUV — Farg’ona viloyatidagi ariq. Rapqon qishlog’i yaqinida. Usmon Yusupov nomli katta Farg’ona kanalidan suv oladi. Uzunligi 28 kilometr. Sariqsuvdan baqor va yoz oylarida suv oqadi. Qolgan davrda tashlama vazifasini … Read More