Valomat
Valomat-Vallamat yoki Valimuhammad ismining o’zgargan shakli

Valomat-Vallamat yoki Valimuhammad ismining o’zgargan shakli
Valiya, Valiyya-taqvodor, xudojo’y ayol. “Vali” ismining muannas shakli
Valisher-Alloh (Vali) ning sherdek dovyurak jasur bandasi yoki Vali (Alloh) qo’llab yursin va sherdek dovyurak bo’lsin.
Valish-tarkibida Vali so’zi bo’lgan qo’shma nomlarning erkalash-qisqartma shakli
Valiulla-Allohning eng yaqin qadrdoni. Allohning yaqin sirdoshi, taqvodor, avliyo. Bu nom xalifa Alining laqab (sifat) laridan biri bo’lgan.
Valiuddin-dinning sodiq do’sti, homiysi, xizmatkori
Valim-tarkibida Vali so’zi bor qo’shma ismlar (Valikarim, Valimuhammad)ning erkalash-qisqartma shakli
Valikeldi-ota-onasiga do’st, yo’ldosh bo’luvchi bola dunyoga keldi yoki muqaddas, aziz bola tug’ildi
Valikarim-saxovatlining, karamlining, ya’ni Allohning do’sti, hamrohi
Valikaram-saxiyning, jo’mard va saxovatlining, ya’ni Allohning do’sti, yaqini