Bulbashar
Bulbashar-Odam-ato, hazrati Odamning sifati

Bulbashar-Odam-ato, hazrati Odamning sifati
Buka-kuchli, qudratli, jasur, qahramon, bahodir
Buzruk-ulug’vor, hurmatli, ehtiromga sazovor yoki taqvodor, zohid. Shakllari: Buzrukxon, Buzruksho
Buvish-beka, xonim yoki tarkibida buvi so’zi bo’lgan qo’shma ismlarini erkalash qisqartma shakli
Buvjamol-buvisi ismi berilgn ko’rkam, zebo qiz
Bog’dagul-bog’da o’sgan guldek zebo yoki nurli, baxtiyor, nurafshon gul yoxud tog’dan pastlikka, bog’zorga ko’chilganda tug’ilgan qiz
Boqi-umri boqiy, uzoq bo’lsin yoki poydor, ustuvoy tursin, yashasin. Abduboqi, Boqiulla ismlarining erkalash-qisqartma shakli. Shakllari: Boqibek, Boqiboy, Boqijon, Boqixon
Botu-asl, toza, ishonchli; aslzoda
Botmon-og’ir, vazmin, bosiq yoki botmonga (9 pudga teng bo’lgan og’irlik o’lchovi) teng qilib sotib olingan bola. Shakllari: Botmonboy, Botmonqul
Botir-mard, pahlavon, dovyurak jasur. Shakllari: Botirbek, Botirboy, Botirxon, Botirjon, Botirqul, Botirsho.