Bolish, Bolishboy
Bolish, Bolishboy-xursand, shodon bola; oltin, tillo (8misqolga teng)dek qimmatli, qadrli yoki yostiq (bolish)dek uyda tursin, yashasin

Bolish, Bolishboy-xursand, shodon bola; oltin, tillo (8misqolga teng)dek qimmatli, qadrli yoki yostiq (bolish)dek uyda tursin, yashasin
Bolida-o’sib-unuvchi, ulg’ayuvchi; o’lmaydigan qiz
Bolbibi-boldek Shirin, qadrli, mo’tabar qiz
Bolbek-beklar avlodiga mansub, asaldek Shirin, suyukli
Bolato’q-muhtojsiz, tuz nasibasi butun bo’lib o’ssin
Bolabek-beklar nasliga mansub bola. Shakllari: Bolaboy, Bolayor, Bolajon, Bolatoy, Bolaniso, Bolaqiz, Bolaxon, Bolaxonim.
Bokira-iffatli, ma’suma; pokiza qiz
Bois-zarur, kerak darkor; kutilgan, orzu qilingan bola
Bodomgul-bodom gulidek go’zal, zebo qiz yoki bodom gullaganda tug’ilgan qiz
Bodom-bodom gullaganda tug’ilgan bola yoki bodom kabi mustahkam, mahkam.