Bobosharif
Bobosharif-ulug’ muruvvatli bobo (avliyo) ato qilgan bola

Bobosharif-ulug’ muruvvatli bobo (avliyo) ato qilgan bola
Boboxon-bobosi ismi bilan nomlangan o’g’il sog’-salomat ulg’aysin
Bobonazar-muqaddas bobo (avliyo)ning muruvvati, nazari tufayli erishilgan bola
Bobomurod-bobosi ismini olgan o’g’il ulg’ayib murodu maqsadiga yetsin yoki muqaddas bobo (avliyolar) erishtirgan orzu, maqsad
Boboali-bobosining ismini olgan o’g’ilga Ali yor bo’lsin
Bobir, Bobur-ma’nosi no’malum. Ba’zi manbalarda: 1) yo’lbars, arslon; 2) ulug’, ulkan, buyuk; 3) tez gapiradigan odam ma’nolarida talqin qilingan
Birodar-do’st, o’rtoq, esh yoki keying bolalarga aka bo’lib yursin
Binoyi-o’tkir ko’zli, ziyrak tiyrak yoki yaxshi, ma’qul, ko’ngilga yoqadigan
Binafsha-binafsha guldek ko’rkam, nafis qiz
Bilqiz-Bilqis-Sulaymon payg’ambar ma’shuqasining nomi. Ma’nosi noma’lum. Ba’zilar “pari” deb izohlaydi